10:51 / 08.02.2021
2 010

Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashdi

Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashdi
Bugun, 8 fevral kuni, soat 06:50lar atrofida 18-avtobus saroyiga tegishli 46- va 134-sonli avtobuslar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

46-yo‘nalishda harakatlanuvchi "MAN" rusumli avtobus To‘qimachi ko‘chasi bo‘ylab Beshqayrag‘och tomonga o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotganda, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi bo‘ylab Toshkent halqa avtomobil yo‘li tomon harakatlanib kelayotgan 134-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi "Isuzu" rusumli avtobus bilan to‘qnashib ketgan. Ushbu hodisa Uchtepa tumani, Ko‘kcha Darvoza-To‘qimachi ko‘chalari kesishgan chorrahada yuz bergan.

Hodisa oqibatida bir nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan. Jabrlangan yo‘lovchi shifoxonaga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyatining Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi tomonidan xizmat surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashdi