14:45 / 08.02.2021
2 453

Sudlar faoliyatiga oid yangi qonunlar amalda

Sudlar faoliyatiga oid yangi qonunlar amalda
Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudyalik kasbiga tayyorlash va tayinlash tizimini takomillashtirish, sud tizimini malakali va halol pok kadrlar bilan to‘ldirish, sud organlarining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining sud hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish bo‘yicha davlat rahbarining tashabbusi bilan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 dekabrdagi “Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6127-sonli Farmoni, odil sudlovga bo‘lgan ishonchni oshirishga qaratilgan yana bir muhim hujjat bo‘ldi desak adashmagan bo‘lamiz.

So‘ngi to‘rt yil ichida sud-huquq sohasida bir qancha qonun va qarorlar qabul qilindi, o‘z navbatida qabul qilingan bu hujjatlar, sudlarga murojaat qilayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, qonuniylikni ta’minlash, odil sudlovni amalga oshirishga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 11 dekabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020 yil 19 dekabrda ma’qullangan O‘zbekiston Respublikasining “Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, “Sud qarorlarini qayta ko‘rish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, shuningdek, sud qarorlarini qayta ko‘rish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks, Iqtisodiy va Fuqarolik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonunlarning 2021 yil 12 yanvarda davlat rahyuari tomonidan imzolanishi sud-huquq tizimida yangi davrni boshlab berdi.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni sud-huquq islohotlarining yangi bosqichini amalga oshirishning huquqiy asosini yaratdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan “bir sud - bir instansiya” tamoyilining ilgari surilishi sud qarorlarini qayta ko‘rish tizimida yillar davomida to‘planib kelingan muammolarning hal qilinishiga ayni muddao bo‘lib, ushbu tizimni tubdan ko‘rib chiqishga asos soldi, jumladan, xalqaro standartlarga mos ravishda uch bosqichli sud tizimi yaratildi.

Avvalgi qonunchilik bo‘yicha to‘rt bosqichli sud instansiyalari, ya’ni birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari faoliyat yuritib kelayotgan edi, amalga kiritilgan yangi Qonun bo‘yicha uch bosqichli sud tizimi quyidagicha tashkil etildi:
  • birinchi instansiya – tuman (shahar) sudlari, ayrim toifadagi murakkab ishlar bo‘yicha viloyat sudlari;
  • apellyatsiya instansiyasi – viloyat darajasidagi sudlar;
  • kassatsiya instansiyasi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi.

Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga asosan, xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning e’tiroziga sabab bo‘layotgan nazorat instansiyasi to‘liq bekor qilindi.

Sarsongarchiliklarni bartarf etish va fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida kiritilayotgan o‘zgartirishlarga asosan, viloyat va unga tenglashtirilgan jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha hamda iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qat’iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari bo‘yicha alohida sudlov hay’atlarini tashkil etgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari tashkil etildi, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati ma’muriy sudlardan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkazildi.

Ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma’muriy sudlar tashkil etildi, shu sababli tuman (shahar) ma’muriy sudlari tugatildi, bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari saqlab qolindi.

Qonunni hayotga tadbiq etilishi natijasida, viloyat sudi tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan sud ishlari yuzasidan berilgan shikoyatlarni shu sudning o‘zi tomonidan yuqori instansiya sudi sifatida ko‘rilishi amaliyotiga barham berildi, natijada shikoyat qilish institutining samaradorligi oshmoqda, viloyat sudlari (ular birinchi instansiyada murakkab ishlarni ham ko‘radi) asosan apellyatsiya sudi sifatida ixtisoslashgach, ularning ma’suliyati kuchaytirilib, sud qarorlarining sifatiga e’tibor qaratilmoqda va birinchi instansiya sudlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf qilinadi.

Nazorat tartibida ko‘rib chiqish institutining tugatilishi va kassatsiya tartibida ish yuritish uchinchi instansiya sudi sifatida belgilanishi natijasida sud qarorlarnining qonuniyligi, asosligi va adolatliligi bevosita undan norozi tomonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri bergan shikoyati asosida ko‘rilishiga erishiladi.

Qonunga kiritiltgan o‘zgartirishga asosan, jinoyat ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining hukmi, ajrimi va qarori ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish muddati 10 kundan 20 kunga, fuqarolik, ma’muriy (ma’muriy va ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar) hamda iqtisodiy ishlar bo‘yicha birinchi instansiya sudining qarorlari ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish muddatlari 20 kundan 1 oyga uzaytirildi, kassatsiya tartibida shikoyat berish muddati esa 6 oydan 1 yilga o‘zgartirildi.

Sud qarorlarining qayta ko‘rish masalasidagi xalqaro standartlar talablarini protsessual qonunchilikka implementatsiya qilinishi, sud mustaqilligi, qonun ustuvorligi va odil sudlov samaradorligi bo‘yicha xalqaro reytinglarda mamlakatimiz nufuzi oshishiga xizmat qiladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining raisi
A.N.Ibodov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sudlar faoliyatiga oid yangi qonunlar amalda