13:52 / 09.02.2021
1 770

Toshkentda yerdan foydalanishning eng past narxlari tasdiqlandi

Toshkentda yerdan foydalanishning eng past narxlari tasdiqlandi
Toshkent shahar hokimining 05.02.2021 yildagi «Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini eng past narxini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 112-son qarori qabul qilindi.

Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining eng past narxi iqtisodiy zonalar (1-ilova) va tumanlar (2-ilova) kesimida belgilandi.

Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi va tuman hokimliklari:
  • auksion orqali realizatsiya qilishga mo‘ljallangan bo‘sh yer uchastkalarining ro‘yxatini shakllantiradi;
  • yer uchastkalari bo‘yicha kelishilgan yoki ijobiy xulosa berilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining tasdiqlangan eng past narxi asosida yer uchastkasining boshlang‘ich narxini belgilaydi.

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi (20.12.2019 yildagi 1023-son VMQga 1-ilova).

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.02.2021 yildan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yerdan foydalanishning eng past narxlari tasdiqlandi