20:08 / 10.02.2021
1 698

Sud raisi maktabda o‘tkazilgan “Navoiyxonlik” tadbirida ishtirok etdi

Sud raisi maktabda o‘tkazilgan “Navoiyxonlik” tadbirida ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 oktabrdagi “Buyuk shoir va mutaffakkir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-4865-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, jinoyat ishlari bo‘yicha Nurota tuman sudining raisi Z.Ibragimov tomonidan bugun tumandlagi 42-sonli umumta’lim maktabida buyuk mutaffakkir, so‘z mulkining sultoni A.Navoiy tavalludining 580- yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi.

Tadbirda o‘quvchilar Navoiyning g‘azallari, ruboiylaridan na’munalar aytishib, sahna ko‘rinishlar ijro etishdi. Shuningdek, tadbirda Navoiy g‘azallari bilan kuy qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbirda Nurotalik navoiyshunos B.Halimov ham ishtirok etdi.

Shuningdek sud raisi tomonidan tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchi yoshlarga A.Navoiyning 20 dan ziyod asarlari sovg‘a qilindi.

Sud raisi Z.Ibragimov buyuk bobomiz A.Navoiyning asarlarini tadbir davomida yoshlarda ularni buyuk kelajak kutayotganligi, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ham bevosita yoshlar davlatimiz kelajagi ekanligidan dalolat berishi, ustozlar va ota-onalar bergan o‘gitlarga og‘ishmay amal qilish - kelajakda yaxshi kasb egasi bo‘lishda muhim ahamiyat kasb etishi haqida to‘xtaldi.

Z.Ibragimov
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Nurota tuman sudi raisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud raisi maktabda o‘tkazilgan “Navoiyxonlik” tadbirida ishtirok etdi