22:30 / 10.02.2021
1 505

Navoiyning 580 yilligi munosib nishonlandi

Navoiyning 580 yilligi munosib nishonlandi
Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi. Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egallagan.

Bobokalonimiz g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning tavallud ayyomini munosib qarshi olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 oktabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”
PQ-4865-sonli qarori qabul qilindi.

Alisher Navoiy, nafaqat g‘azal mulkinining sultoni balki o‘z davrida davlat boshqaruvida o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.
Joriy yil Alisher Navoiy tavalludining 580 yillligi munosib nishonlandi va bu boradagi amaliy tadbirlar davom etmoqda, chunonchi Navbahor tumanidagi 1-sonli maktabda Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda, jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudining raisi va sud xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir yakunida, tuman sudining raisi tomonidan she’r mutoala qilish va Navoiy g‘azallarini aytish bo‘yicha tuman, viloyat va Respublika bosqichida munosib o‘rinlarni egallagan o‘qituvchi va o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining raisi
A.N.Ibodov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyning 580 yilligi munosib nishonlandi