23:17 / 10.02.2021
2 148

“Dron”ning parvozi uzoqqa bormadi

“Dron”ning parvozi uzoqqa bormadi
Uchuvchisiz uchish qurilmalarini yurtimizga yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Navoiy xalqaro aeroportiga xorijiy avireys bilan uchib kelgan fuqaro E.O. “yashil” yo‘lak orqali harakatlanar ekan, uning xatti-harakatlari bojxonachilarning e’tiborini tortdi.

O‘rnatilgan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan ushbu shaxsning yuklari orasida 1 dona “uchuvchisiz uchish qurilmasi” borligi aniqlandi va vaqtincha saqlovga olindi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 26 noyabrdagi 322-sonli qaroriga asosan, uchuvchisiz uchish apparatlarini Respublika hududiga olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishga Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Dron”ning parvozi uzoqqa bormadi