17:30 / 11.02.2021
1 612

Bojxonachilar giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yishdi

Bojxonachilar giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yishdi
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan respublikamiz hududida giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylanuvini oldini olish hamda ushbu moddalarni sotish va tarqatish bilan shug‘ullanib kelayotgan jinoiy guruhlar faoliyatini fosh etishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Dastlab, Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan restoranlardan birining oldida A.A. ismli shaxs avvaldan kelishilgan giyohvandlik vositasining bir qismini ya’ni 199,73 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini shartli xaridorga 3000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shndan so‘ng ushbu shaxsga xorijiy davlat fuqarosi tomonidan giyohvandlik vositasi uchun olinishi lozim bo‘lgan 3000 AQSH dollar pullarni Toshkent shahrida kutib turgan “D” ismli shaxsga yetkazib berishi haqida telefon orqali ko‘rsatma berilgach, tezkor tadbir Toshkent shahar, Uchtepa tumanida davom ettirildi. Ushbu tuman hududidagi kafelardan birining yoniga “Cobalt” rusumli avtotransport vositasini boshqarib kelgan fuqaro E.D. 3000 AQSH dollarni olayotgan vaqtida ushlandi.

Shundan so‘ng, mazkur shaxsning avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganida, avtomashina saloni va yukxonasida karton korobkalarga joylangan hech qanday hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 100 mln. so‘mlik jami 1951 quti 17 xil turdagi dori-vositalari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng jinoiy faoliyatni to‘liq fosh etish va avvaldan kelishilgan giyohvandlik vositasini qolgan qismini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tezkor-tadbirlar davomida, jinoiy guruh a’zolari tomonidan Angren shahardagi ko‘prik tagiga yashirib ketilgan 900,3 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi, yana bir jinoiy guruh a’zosi X.J.ning ijarada yashab kelayotgan xonadonidan esa 328,65 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi hamda ishga aloqador boshqa ashyolar aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, yuqoridagi giyohvandlik vositalari qo‘shni davlatdan noqonuniy yo‘llar bilan olib o‘tilganligi hamda qonunga xilof tarzda pullash rejalashtirilganligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra tezkor tadbirlar davomida 1 kg 428,68 gramm “Gashish” giyohvandlik vositasi hamda 4,21 gramm “Kannabis” urug‘i ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur xolat yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yishdi