18:53 / 11.02.2021
1 621

Rus vaksinasini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi

Rus vaksinasini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi
Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida mamlakatimizda barqaror epidemiologik vaziyatni saqlab qolish maqsadida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilingani xabar qilingandi.

Unda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari B.Yusupaliyevning O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyaning «Sputnik V» koronavirus vaksinasini o‘rganish yuzasidan ushbu mamlakatga tashrifi natijalari bo‘yicha hisoboti eshitildi.

Unda «Sputnik V» vaksinasi uchinchi bosqich klinik sinovlari yakuniga yetkazilganligi hamda Rossiya Federatsiyasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, shuningdek, ushbu vaksinani O‘zbekistonda sertifikatlashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha takliflar kelib tushganligi ta’kidlandi.

Rossiya Federatsiyasi tomonidan taqdim etilgan uchinchi bosqich klinik sinovlari natijalari tahlili muhokama qilindi va birlamchi bosqichda sertifikatlashtirish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini boshlash mumkinligi ma’qullandi.

Shu bilan birga Innovatsion rivojlanish va Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘zbekistonda Xitoyning «Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi «ZN2001» vaksinasining O‘zbekistonda 2020 yil dekabr oyidan boshlab 7 mingdan ortiq ko‘ngillilarda o‘tkazilayotgan uchinchi bosqich klinik sinovlari, shu jumladan, hozirgi kunga qadar birorta vaksina qabul qilgan ko‘ngillida uning nojo‘ya ta’siri kuzatilmaganligi bo‘yicha axboroti tinglandi.

Yig‘ilishda Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashni o‘tkazish algoritmi va alohida tartibini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berildi.

Bunda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashni faqatgina ixtiyoriylik tamoyili asosida amalga oshirish, shuningdek, birinchi navbatda koronavirus yuqish xavfi darajasi yuqori bo‘lgan quyidagi shaxslarni emlash nazarda tutiladi:

- 65 yoshdan oshgan qariyalar va keksalar;
- surunkali kasalliklari bor shaxslar;
- tibbiyot xodimlari;
- maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda oliy ta’lim muassasalari xodimlari;
- aholi bilan bevosita muloqotga kirishadigan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rus vaksinasini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi