20:00 / 11.02.2021
2 135

«Hafta o‘rtasida birorta vazirni Toshkentda ko‘rsam, ishdan olaman» — Shavkat Mirziyoyev

«Hafta o‘rtasida birorta vazirni Toshkentda ko‘rsam, ishdan olaman» — Shavkat Mirziyoyev
Foto: «Daryo»
Shavkat Mirziyoyev 10 fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida vazirlarning yangi ish tartibini ma’lum qildi. «Gazeta.uz»ning ma’lum qilishicha, davlat rahbari vazirlar ish kunlarini Toshkentda emas, viloyatlarda o‘tkazishi kerakligini aytgan.

«Vazirlar dushanba kuni bosh vazir bilan yig‘ilish o‘tkazib, hisobotlarini beradi, hafta uchun ish rejasini tuzib oladi va viloyatlarga ketadi… Vazirlar faqat shanba va yakshanba kunlari Toshkentda bo‘lishadi. Yakshanba kuni uyda bo‘ladi, yaxshilab dam olib, bola va nevaralarni o‘qitib, dushanbadan yana hududlarga ketishadi. Agar hafta o‘rtasida birorta vazirni Toshkentda ko‘rsam, ishdan olaman», — dedi davlat rahbari.

«Vazir respublikaga xizmat qiladi, Toshkentni qorovullab o‘tirmaydi», — deb ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev raisligida 10 fevral kuni «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» davlat dasturi ijrosini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Prezident dasturdan asosiy maqsad qog‘oz yoki hisobot emas, balki odamlar hayotida ijobiy o‘zgarishlar qilishligini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Hafta o‘rtasida birorta vazirni Toshkentda ko‘rsam, ishdan olaman» — Shavkat Mirziyoyev