11:50 / 12.02.2021
594

O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi

O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi
Prezident “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2021 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Harbiy xizmatga yaroqli, shu jumladan cheklovlar bilan yaroqli bo‘lgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinadi.

Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar 2021 yilning mart-aprel oylarida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatiladi.

Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston bosh vaziri A. Aripov va prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. Mahmudov zimmasiga yuklandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)