13:00 / 12.02.2021
1 363

MIB: Xovosda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar foydasiga 2 mlrd. 993 mln. so‘mlik qarzdorlik undirib berildi

MIB: Xovosda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar foydasiga 2 mlrd. 993 mln. so‘mlik qarzdorlik undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Xovos tuman bo‘limi tomonidan 2020 yilning dekabr oyida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar foydasiga 47 ta ijro ishlari bo‘yicha 2 milliard 993 million so‘mlik qarzdorlik undirib berildi.

Xususan, Sirdaryo viloyat iqtisodiy sudining qaroriga asosan “Xovos don maxsulotlari” AJdan «ROPQON FAYZ-FZ» MCHJ foydasiga jami 473.9 mln. so‘m qarzdorlik undirish haqidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjatlari yuzasidan shu kunning o‘zida ijro ish yuritish qo‘zg‘atilib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan. Ijro harakatlari davomida qarzdor “Xovos don maxsulotlari” AJdan 473.9 mln.so‘m qarzdorlik undirilib, undiruvchi MCHJning hisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Xovosda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar foydasiga 2 mlrd. 993 mln. so‘mlik qarzdorlik undirib berildi