17:05 / 12.02.2021
1 483

Bojxonachilar 9,6 mlrd. so‘mlik qing‘ir rejani fosh etishdi

Bojxonachilar 9,6 mlrd. so‘mlik qing‘ir rejani fosh etishdi
Tovar-moddiy boyliklarini yurtimizga turli noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida yirik miqdordagi tovarlarni bojxona nazoratidan chetlab olib o‘tishga oid qing‘irlik fosh bo‘ldi.

Xorijiy davlatdan poytaxtimizda faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga olib kelingan yuk konteynerlari Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomobil ehtiyot qismlari joylashtirilganligi ko‘rsatilgan mazkur 3 ta konteynerlarda hujjatlarda qayd etilmagan, umumiy qiymati 9 milliard 612 million so‘mlik kiyim-kechaklar va boshqa tovarlar mavjudligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar 9,6 mlrd. so‘mlik qing‘ir rejani fosh etishdi