16:50 / 13.02.2021
435

359 mln. so‘m qarzdorlik debitor hisobidan undirildi

359 mln. so‘m qarzdorlik debitor hisobidan undirildi
Majburiy ijro byurosi Uchko‘prik tuman bo‘limi ish yurituvida Rishton tumanlararo iqtisodiy sudining 17.12.2020 yildagi qaroriga asosan qarzdor “Farg‘ona texnik ta’minlash va butlash” shu’ba korxonasidan davlat foydasiga 359 738 ming so‘m davlat boji undirish yuzasidan ijro hujjati mavjud.

Mazkur sud qarori bo‘yicha Byuroning Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan 22.12.2020 yilda ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, qarzdor korxona mas’ul shaxslariga sud qarorida belgilangan davlat bojini to‘lashi uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Biroq, qarzdor tomonidan ijro hujjati talablari ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli majburiy ijro harakatlari olib borilib korxonaning bank hisob raqamlariga taqiq qo‘yilgan, shuningdek debitor qardorliklarini o‘rganish jarayonida boshqa yuridik shaxsdan 400 mln. so‘mdan ortiq haqdorligi aniqlanib, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 485-moddasiga asosan undiruv debitorlik qarziga qaratilgan.

Shu tarzda qarzdorning boshqa korxonadan bo‘lgan haqi hisobidan 359 mln. 738 ming so‘m davlat boji to‘liq undirilishi ta’minlandi.
O‘z vaqtida to‘lab berilmagan davlat boji uchun qo‘shimcha 7 194 ming so‘m ijro yig‘imi undirilgan hamda “Farg‘ona texnik ta’minlash va butlash” shu’ba korxonasi mas’ullarining javobgarlik masalasi hal qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)