17:13 / 13.02.2021
1 726

36 oy to‘lanmagan aliment qarzdorligi 14,7 mln. so‘mga yetdi

36 oy to‘lanmagan aliment qarzdorligi 14,7 mln. so‘mga yetdi
Majburiy ijro byurosining Xiva shahar bo‘limi ish yurituvidagi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 15.08.2012 yil kungi ijro hujjatiga asosan, qarzdor I.I. dan undiruvchi A.Z. foydasiga ish haqi va boshqa daromadlaridan 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan undiruvchi MIB Xiva shahar bo‘limiga aliment pullarini qayta hisoblab berishni so‘rab murojaat qilgan.
Ushbu murojaat o‘rganilganda, qarzdor ota 2016 yil yanvar oyidan 2021 yil yanvar oyiga qadar aliment pullarini bir nafar voyaga yetmagan farzandi uchun to‘lamay kelayotgani aniqlangan.

Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan o‘rganib chiqilgan ijro hujjati bo‘yicha alimentchi ota 36 oy davomida moddiy ta’minotni farzandiga to‘lamay kelganligi hamda aliment pullarni qayta hisoblash haqida qabul qilingan qarorga asosan, qarzdorlik jami 14,7 mln. so‘m miqdorida ekani aniqlangan.

MIB tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdordan aliment pullari undiruvchiga to‘liq undirib berilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 36 oy to‘lanmagan aliment qarzdorligi 14,7 mln. so‘mga yetdi