23:44 / 13.02.2021
1 946

«Chilimxona qilib qo‘yilgan edi». Jahongir Ortiqxo‘jayev «Moviy gumbazlar» restorani oldidagi xiyobon haqida

«Chilimxona qilib qo‘yilgan edi». Jahongir Ortiqxo‘jayev «Moviy gumbazlar» restorani oldidagi xiyobon haqida
Toshkent shahridagi «Moviy gumbazlar» restorani oldidagi xiyobonda 2019 yilda 6 milliard so‘mlik ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Bu haqda 13 fevral kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev «Istiqlol» majmuasining qurilish masalasida jamoatchilik vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytib o‘tdi.

«Men bu yerga ikki yil avval kelgan edim. Yerda yotgan narsalarni ko‘rib, bu yerga birov oilasi bilan kelmasdi», — deya poytaxt hokimidan iqtibos keltirmoqda, «Daryo» nashri.

«Moviy gumbazlar» restorani stol, kreslolar olib chiqib chilimxona qilib qo‘ygan edi. Ularni oldirdik, tozalatdik, noqonuniy qurilishlarni olib tashladik, chiroyli joyga aylantirdik. Bunga 6 milliard so‘m pul sarf qilindi. Hamma «budjet pulimi» deb so‘rashi mumkin. Yo‘q, men o‘z shaxsiy mablag‘imdan qilganman», — dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Toshkent shahar hokimining alohida ta’kidlashicha, «Moviy gumbazlar» restorani oldidagi xiyobon u uchun ham muqaddas joy.

«Bu joyda mening ham yoshligim o‘tgan, ko‘pchilikka o‘xshab men ham, shu xiyobonni saqlab qolishni xohlayman. Men ham Toshkentda 46 yildan buyon yashayman», — deya qo‘shimcha qildi poytaxt rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Chilimxona qilib qo‘yilgan edi». Jahongir Ortiqxo‘jayev «Moviy gumbazlar» restorani oldidagi xiyobon haqida