19:23 / 15.02.2021
2 379

Aziza Umarova hukumatga saylovlar arafasida aholining turmush tarzini yaxshilash uchun 6ta taklifni bildirdi

Aziza Umarova hukumatga saylovlar arafasida aholining turmush tarzini yaxshilash uchun 6ta taklifni bildirdi
Bloger va jamoatchilik faoli Aziza Umarova saylovlar arafasi hukumatga aholi turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladigan oltita real qadamlarni taklif qildi.

«OAV tartibsizlikka qarshi da’vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilashni rejalashtirayotgani haqida yozmoqda. Kuch tuzilmalarining maoshlari ko‘tarilmoqda, nechanchidir marotaba forma, askariy anjomlar, maxsus texnikalar xarid qilinyapti. Barcha saylovlar bilan band ekanligi shundoq ko‘rinib turibdi. Taxmin qilib ko‘rishga jazm etaman», — deb yozadi Umarova.

Uning ta’kidlashicha, dunyoning istalgan nuqtasida (Kanadadan Ruandagacha) har qanday siyosiy saylovlar arafasida maslahatchilar jamoasi Low hanging fruits ro‘yxatini tuzadi. Ya’ni amalga oshirish qiyin bo‘lmagan masalalar. Bandlar qiymati militsiya formasi yoki kuch tuzilmalari xodimlarining ustama pullaridan ham kam bo‘lishi mumkin, biroq uning samarasi yuz barobar ko‘proq. Eng muhimi — hokimiyatga qarshi borish hech kimning kallasiga kelmaydi. Fuqarolar saylov uchastkalariga o‘z oyog‘i bilan yugurib boradi.

Aziza Umarova hozircha O‘zbekistonda Low hanging fruits kuzatilmayotgani sabab o‘z takliflarini bildirgan. U qadar qiyin bo‘lmagan olti qadam:

Marhamatli podshoh rolini o‘ynash
«Moviy gumbazlar» parki muammosiga samarali kirishib, stela qurish g‘oyasini Tashkent City’ga ko‘chirish. Ziyolilar qatlami darhol siz tarafda bo‘ladi.

Ijtimoiy himoya
«Odamlar haqida qayg‘uramiz» sousi ostida ijtimoiy himoya bo‘yicha ixtisoslashtirilgan idora yaratilishini e’lon qilish. Bizda 2016 yildan buyon ijtimoiy himoya yo‘q, bu aqlga sig‘maydi.

Va ushbu idora nihoyat hech bo‘lmaganda inqirozli oilalar bilan ishlovchi 10 ming nafar professional ijtimoiy xizmat xodimlarini yollaydi/tayyorlaydi. Bolalar qiynoqqa solinyaptimi? Sobiq mahbus qamoqdan uyiga qaytdimi? O‘z joniga qasd qilishga moyil va eri tomonidan muntazam kaltaklanib kelinayotgan ayol? Nogironligi bor bo‘lgan farzand va ishsiz ota-ona?

Ijtimoiy xizmat xodimlari boshqa kerakli xizmatlarni aralashtirib, murakkab vaziyatdan chiqishga yordam beradi. Bu fuqarolarga g‘amxo‘rlik qilish imitatsiyasini istisno etadi va to‘laqonli ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini nazarda tutadi. Butun respublika bo‘yicha ijtimoiy soha xodimlarini ta’minlashga Toshkent shahrining bitta obodonlashtirish xizmatining yillik budjetidan bir necha baravar kam mablag‘ kerak bo‘ladi (men qancha sarflanishini bilaman, shuning uchun faktga tayanib gapiryapman).

Bolalar
«Bolalar haqida qayg‘uramiz» sousi ostida bolalar onkologiyasini reformatsiya qilish. Onkologiya va gematologiya (qon saratoni) mamlakatda hamon alohida davolanmoqda. Bu ham yetmaganidek na respublika onkologiyasida, na gematologiyada elementar reanimatsiya bor. Bolalar esa muntazam operatsiya qilinadi, shu bilan birga, ixtisoslashgan bolalar shifokori yo‘q. Bolalar vafot etmoqda.

Zudlik bilan gematologiya va onkologiyani birlashtirish va yangi Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bazasida onkogematologiya bilan og‘rigan bolalar uchun 100 (aslo bundan kam emas, hozir 20 koyka o‘rin haqida gap-so‘zlar yuribdi) koyka yaratish. Amaldagi tizimni qayta tashkil etishga qodir ingliz tilini biladigan zamonaviy yosh tibbiyot xodimlari kerak va zudlik bilan davolashning xalqaro protokollarini qabul qilish lozim. Joni saqlab qolingan bolalarning tarixini bemalol OAVda e’lon qilsa bo‘ladi. Hozirda onkologik kasallikka chalinganlarning asosiy qismi boshqa mamlakatda davolanishga keta olgani sabab omon qolmoqda. Davom etishga hojat yo‘q…

Bojlar
So‘nggi 20 yil ichida ijtimoiy injiniring (social engineering) mahalliy mashinalarni sotib olishni odamlarning asosiy orzusi sifatida shakllantirdi. Qadriyatlarning tanazzuli achinarli, ammo uni o‘zgartirishga endi kech. Biroq «Sizning og‘rig‘ingizni ko‘ryapmiz» shiori ostida mamlakatga olib kirilayotgan avtomobillar uchun import bojini kamaytirish kerak. Ortiqcha gap-so‘zlarsiz.

«Snos»lar
Ertangi kunga bo‘lgan ishonch so‘nib bormoqda. Yer oldi-sotdisining yashirin bozori, korrupsiya, qurilish normalariga rioya qilmaslik gullayapti, yangi qurilgan uylar qulamoqda, ko‘chirib yuborilgan aholining yarmidan kami kompensatsiya olgan. Yangi muddatga bu kabi og‘ir meros bilan bormaslik uchun mantiqiy nuqta qo‘yish kerak. Noqonuniy «snos»lar haqida shubhasiz aytilishi kerak va mamlakatning beshta yirik shaharining bosh planini e’lon qilish zarur. Uy-joy qurish, ijtimoiy infratuzilma va tijorat ko‘chmas mulki uchun aniq zonalarni onlayn ravishda belgilab qo‘yish lozim. Bu odamlarga oz bo‘lsa-da, ertangi kunga ishonch beradi.

Viloyatlar
Kimdir qishloqlarga qadar gaz, elektr energiyasi va suvni rostan ham tortib kelishiga shubhalanaman. Bu menimcha, yosh bolaga ham ayon. Biroq qishloqqa optik tola tortib kelish hisobiga piar qilish varianti mavjud. Axir viloyatlarda tezkor internet umuman yo‘q — tosh asri. Shu sababli raqamli O‘zbekistonni internet o‘sish drayveriga aylanadigan joyda boshlash kerak.

Agar biz eksport jarayonlarini soddalashtirsak, ta’lim mazmunini to‘ldirsak va bu yo‘lda tez o‘rganish uchun imkoniyat yaratadigan bo‘lsak, internet hayot sifatini biroz yaxshilashi mumkin. Saylovchilarga shu kerak. Hurmatli Prezident, iltimos, saylovlar oldidan yangi maslahatchilarni jalb qiling. Sizga kayfiyatni nozik tushunadigan odamlar kerak. Qovun tushirishadi… Men ro‘yxatni cheksiz tuzishim mumkin edi. Biroq 6 egri raqamida to‘xtayman. O‘z bandlaringizni qo‘shing.

Ma’lumot uchun, Aziza Umarova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Buyuk Britaniyaning Sent-Endryus universitetida tahsil olgan. Davlat boshqaruvida islohotlar va modernizatsiya, elektron hukumat, gender masalalari bo‘yicha mutaxassis. Hozirda Singapurning Smartgov Consulting kompaniyasi ijrochi direktori. U #Aziza Umar kundaligi Telegram kanalida turli masalalar bo‘yicha o‘zining faol fuqarolik munosabatini bildirib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aziza Umarova hukumatga saylovlar arafasida aholining turmush tarzini yaxshilash uchun 6ta taklifni bildirdi