23:40 / 15.02.2021
1 696

Koronavirusdan tuzalgandan keyingi sindrom alomatlari ma’lum qilindi

Koronavirusdan tuzalgandan keyingi sindrom alomatlari ma’lum qilindi
Foto: Bihus.info
Koronavirusdan tuzalgan odamlarda terlash, charchoq va depressiya kuzatilishi mumkin, bu boshqa alomatlar qatorida koronavirusdan keyingi sindromini tashkil qiladi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash-reabilitatsiya markazi direktori Igor Nikitinning ta’kidlashicha, termoregulyatsiya va diqqatni bir joyga to‘plashdagi muammolar koronavirusdan keyingi sindrom bo‘lib, ushbu alomatlar asab tizimining shikastlanganidan dalolat beradi.

«Bu terlash, juda tez charchash, oldin bemalol bajarilgan jismoniy mashqlar xuddi imkonsizdek bo‘lib qolishiga o‘xshaydi», — deya qo‘shimcha qiladi Nikitin.

Shuningdek, u koronavirusdan keyingi sindromning belgilari qatorida yurak-qon tomirlarining shikastlanishi, buyraklar vazifasining o‘zgarishi, bundan tashqari, depressiyani sanab o‘tgan.

Shu bilan birga, reabilitatsiya dasturi aniq belgilarga bog‘liq va soha mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilishi kerak.

Bunga qadar britaniyalik olimlar koronavirus miya faoliyatiga, braziliyalik stomatologlar esa virusning bemor og‘iz bo‘shlig‘iga zarar yetkazishini, shuningdek, koronavirusdan tuzalgan bemorlarning immun tizimida muammolar kuzatilayotganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusdan tuzalgandan keyingi sindrom alomatlari ma’lum qilindi