1 317
“Rossiyadagi eringga yuboraman”: oilali ayolni shantaj qilgan tovlamachi jinoyat ustida ushlandi

Surxondaryo viloyatida oilali ayolni video bilan shantaj qilgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 4 fevral kuni 40 yoshli Nodira B. IIBga ariza bilan murojaat qilib, 31 yoshli Bahrom U.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Erkak ayolning video tasvirini internetdagi ijtimoiy tarmoqlariga tarqatish va uning Rossiyada ishlab yurgan turmush o‘rtog‘iga yuborish bilan qo‘rqitgan. Videoni o‘chirish tashlash uchun 500 dollar talab qilgan.
Erkak jabrlanuvchidan 5,2 million so‘mni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIO FMB Bahrom U.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Dastlabki tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Toshkentda erkak kishini shaxsiy video bilan «shantaj» qilgan ayol qo‘lga olindi

«Odnoklassniki»da 26 yoshli yigit bilan tanishib, uni «shantaj» qilgan "qiz" qo‘lga tushdi

Telefonidagi rasmni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, 10000 dollar talab qilgan yigit qo‘lga olindi

Samarqandlik yigit «Odnoklassniki»da tanishgan qizidan "sharmanda qilaman" deb qo‘rqitib, pul talab qildi

Videoyozuv bilan shantaj qilib, tadbirkordan 60 000 dollar talab qilgan ayol ushlandi

Ayolni eriga xiyonatkorlikda qo‘rqitib «shantaj» qilgan shaxs ushlandi