12:02 / 16.02.2021
1 047

«Trend bugun bor, ertaga yo‘q...» – taniqli bloger Allamjonovga e’tiroz bildirdi

«Trend bugun bor, ertaga yo‘q...» – taniqli bloger Allamjonovga e’tiroz bildirdi
Komil Allamjonovga ko‘ra, g‘azalxonlik, she’r, adabiyot ilm emas, o‘zni yupatish vositasi ekan. G‘azal o‘qib, bahru bayt qilmay, ilmni trendga olib chiqish kerak deyaptilar, deb yozmoqda bloger Shahnoza Soatova.

- "Mayliyu, ilmni adabiyotga zid qo‘yish hech bir quyushqonga sig‘maydigan gap. Xuddiki serial olishyapti, undan ko‘ra maktab quring degan mantiqsiz gap kabi. Avvalo, adabiyot, ayniqsa, mumtoz adabiyot – katta ilm. Shu ilm bo‘lmaganida, hozir umuman o‘zbek tili va millati qolmasdi balki. Qolaversa, bir yo‘lda ketayotgan poyezd vagonlari bir-biriga zid harakatlana olmaydi, shunchaki, ayrim vagonlarning g‘ildiragi buzilib, tarkibdan uzilib qolishi mumkin. Rivojlanish uchun ilm ham, millatning qaddini ko‘taradigan tarixiy-badiiy serial ham, maktab ham, she’ru g‘azal ham – hammasi kerak.

Ikki buyuk adibning tavalludi bir haftaga to‘g‘ri kelsa, g‘azalxonlik ko‘p bo‘lishi tabiiy. Boshqa paytlar shu ham yo‘q o‘zi. Bunaqa yaxshi o‘ylanmagan gaplarni aytish yarashmabdi sizga, Komil Ismoilovich. Adabiyotni tinch qo‘ying-da, bemalol ilm-fanni trendga olib chiqavering («Zakovat»ni qutqaryapsiz, yaxshi, lekin bu hali ilm-fanni trendga olib chiqish emas).

Ibn Sino-yu Ulug‘bekka ham olim, ham shoir bo‘lishida adabiyot halaqit bermagani kabi, siz nazarda tutayotgan ilm-fanni trendga olib chiqishingizga ham u halaqit bermaydi. Faqat ilm-fanni trendga olib chiqib ham olim avlod tarbiyalay olmaymiz, chunki trendlar bir ko‘pik, xolos, bugun bor, erta yo‘q.

Haqiqiy ilm-fanni rivojlantirish uchun esa katta investitsiya va amaliy ishlar kerak. Shundan gapiring undan ko‘ra", – deya e’tiroz bildiradi bloger.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » «Trend bugun bor, ertaga yo‘q...» – taniqli bloger Allamjonovga e’tiroz bildirdi