1 184
«Qashqadaryodan tandir keladi, Xorazmdan guruch...» — Ruslanbek Davletov ayrim an’analar haqida

15 fevral kuni Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning jurnalist va blogerlar ishtirokida hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda vazir jamiyat rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan an’analar haqida gapirdi.
«Bizda shunday odat borki, yangi rahbar ishga kelganidan keyin darrov o‘z xonasini yoki tashkilot binosini ta’mirlashdan boshlaydi, katta-katta pullarni xarajat qiladi. Mana, xizmat mashinalarining xarajati bo‘yicha qanday muammolar tug‘ilyapti.
Chet elga yoki viloyatlarga qilingan safarlarning u yerdagi xarajatlarini kim qoplaydi? Bizning qadriyatlarimiz, qandaydir an’analarimiz borki, mehmondo‘stlik deymiz, boshqa deymiz. Sovg‘alar berishni juda yaxshi ko‘rishadi bizdagi insonlar.
Yangi yil bo‘lsa, hamma sovg‘a tashishni boshlaydi. Bu yil ham xuddi shuni kuzatdik. Qashqadaryodan tandir keladi, Xorazmdan guruch keladi, hamma yoqda shu jarayon bo‘lib ketadi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, milliy an’analar jamiyat rivojlanishiga to‘sqinlik qilarkan, bu an’analardan, albatta, voz kechish kerak. Rivojlanishga ta’sir qilyaptimi, yillar davomida shakllangan an’anami, baribir voz kechishimiz kerak», — dedi vazir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Ruslan Davletov: «Cheklashga juda ustamiz, buni judayam zo‘r uddalaganmiz»

Ruslanbek Davletov: «Deputatmi, xalq undan talab qiladi. Bu to‘g‘ri»

Adliya vazirligi qamoqxonalarni qaramog‘iga olishni rad etdi

Ruslanbek Davletov: «Korrupsiyaga qarshi alohida organ biz uchun ham kutilmagan yangilik bo‘ldi»

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov amaldorlarga bir “muhim haqiqat”ni eslatdi

Ruslanbek Davletov: «Bizni qiynayotgan byurokratiyadan xoli bo‘lishimiz kerak» (video)