13:03 / 16.02.2021
1 675

Fuqaroga hokimlikdan 540 mln. so‘mlik kompensatsiya undirildi

Fuqaroga hokimlikdan 540 mln. so‘mlik kompensatsiya undirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining 09.03.2020 yildagi 2-1102-1901/15497-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor Qibray tuman hokimiyatidan undiruvchi N.Mavlyanov foydasiga jami 540 130 ming so‘m kompensatsiya puli undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, taraflar yuborilgan.

Mazkur kompensatsiya pullarini to‘lash majburiyati Qibray tuman hokimiyatiga yuklatilgan bo‘lib, ijro harakatlari davomida tuman hokimiyatining barcha bank hisob raqamlariga hamda avtoransport va ko‘chmas mulklariga band solingan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida Qibray tuman hokimyatidan 540 130 ming so‘m kompensatsiya pullari undirilib, 15.02.2021 yil kuni undiruvchining bank plastik kartasiga o‘tkazib berilib, ijro hujjatining ijrosi to‘liq ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaroga hokimlikdan 540 mln. so‘mlik kompensatsiya undirildi