13:00 / 17.02.2021
2 520

Maxsus sinovdan o‘tganlarga bir oylik harbiy xizmat to‘lovi uchun 50 foiz chegirma beriladi

Maxsus sinovdan o‘tganlarga bir oylik harbiy xizmat to‘lovi uchun 50 foiz chegirma beriladi
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov taqdim etgan jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid 2021 yilgi rejalarda shu haqda ma’lum qilingan.

Unga ko‘ra, «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» sinovlarining maxsus talablarini bajargan va g‘olib bo‘lganlar ularga yosh toifasiga qarab quyidagi imtiyozlarni berish orqali taqdirlanadi:
- tegishli sport razryadlari va unvonlari;
- safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat uchun to‘lovlarga 50 foiz chegirma;
- muddatli harbiy xizmatga yuborilishida yuqori ustunlikka ega bo‘lish;
- «Temurbeklar maktabi»ga imtiyozli kirish;
- OTM talabalarini amaldagi stipendiya miqdorida bir marta rag‘batlantirish;
- respublika miqyosida ishga yoki o‘qishga qabul qilinishida jismoniy tayyorgarlik talab etiladigan barcha ijodiy imtihonlardan ozod bo‘lish.

Qayd etilishicha, 2021 yilda 55 ta sport ob’ekti foydalanishga topshiriladi. Bundan tashqari, 400 ta stritbol, 520 ta badminton va 893 ta «Vorkaut», jami 1 813 ta zamonaviy sport maydonchalari tashkil etiladi.Yil davomida respublika bo‘yicha jami 916 km uzunlikdagi «Salomatlik yo‘laklari» barpo etiladi. Bu borada har bir hududiy hokimliklarning hududiy dasturlari tasdiqlangan.

Aprel oyiga qadar sog‘lom turmush tarzi uchun www.1hls.uz internet-platformasi to‘liq ishga tushirilib, aholini kunlik yurishga targ‘ib qilish va antropometrik ko‘rsatkichlarini yaxshilash tizimi yaratiladi.

«Yuqoridagi barcha ishlarimizning natijasida 2021 yil yakuniga qadar jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi aholining umumiy soni hozirgi 19 foizdan 25 foizga yetkaziladi», – deya ma’lum qildi Aziz Abduhakimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maxsus sinovdan o‘tganlarga bir oylik harbiy xizmat to‘lovi uchun 50 foiz chegirma beriladi