14:25 / 17.02.2021
2 221

Fuqarolik olish tartibi o‘zgaradi: O‘zbekistonda yashash guvohnomasini 2005 yilgacha olish bo‘yicha talab bekor qilindi

Fuqarolik olish tartibi o‘zgaradi: O‘zbekistonda yashash guvohnomasini 2005 yilgacha olish bo‘yicha talab bekor qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil – «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi.Dasturga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Dastlabki loyihaga ko‘ra, 2021 yil 1 maydan boshlab O‘zbekistonga 2005 yil 1 yanvarga qadar kelib, yashash guvohnomasi asosida doimiy yashayotgan, shuningdek, 15 yil davomida mamlakatda yashash guvohnomasi asosida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan (chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) shaxslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish tartibi joriy qilish nazarda tutilgan edi.

Davlat dasturi loyihasi joriy yilning 18–28 yanvar kunlari 2021.strategy.uz, jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz veb-portallari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi hamda undagi fuqarolik olishni istagan shaxs O‘zbekistonda yashash guvohnomasini 2005 yilgacha olgan bo‘lishi kerakligi haqida talab olib tashlandi.

Loyihani amalga oshirish muddati – 2021 yil 1 may. Dastur ijrosi uchun Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 29 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida 15 yil davomida muqim yashagan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekiston fuqaroligini berish tartibi joriy qilinishi haqida gapirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqarolik olish tartibi o‘zgaradi: O‘zbekistonda yashash guvohnomasini 2005 yilgacha olish bo‘yicha talab bekor qilindi