Foto: Toshkent viloyati IIBB
Joriy yilning 20 yanvar kuni Toshkent tumani «Ko‘hinur» mahallasida yashovchi fuqaro F.Akbarov tuman IIBga nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
U arizasida 2021 yil 19 yanvardan 20 yanvar kuniga o‘tar kechasi o‘z yashayotgan uy oldida qoldirgan «Shangan» avtomashinasining eshigi noma’lum shaxslar tomonidan ochilib, avtomashina salonida bo‘lgan bir million so‘mlik «antiradar» moslamasi, 250 ming so‘mlik «audio magnitafon» va boshqa mayda buyumlar hamda 300 ming so‘m miqdoridagi naqd pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib ketilganligini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘raydi.
Holat yuzasidan Toshkent tumani ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida 5 fevral ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumon qilingan bir guruh shaxs (Zangiota tumanida yashovchilar 1979 yilda tug‘ilgan M.S., 2001 yilda tug‘ilgan M.Sh., 1993 yilda tug‘ilgan D.N. va voyaga yetmaganlar 2003 yilda tug‘ilgan Sh.T. hamda 2005 yilda tug‘ilgan I.M.)lar qo‘lga olinadi.
Shuningdek, surushtiruvlar davomida ushbu uyushgan guruh Toshkent viloyati va poytaxt hududidan 30 ga yaqin turli xildagi avtotransport vositalarini g‘ayriqonuniy ochib, transport ichida bo‘lgan pul va qimmatbaho buyumlarni talon-toroj qilib kelganligi aniqlanadi.
Jumladan, ular Toshkent tumani «Oqtom» mahallasi hududida 16 yanvar kuni Damas, Lacetti va Matiz avtomashinasini, 18 yanvar kuni «Ko‘ksaroy» mahallasida Nexia avtomashinasini, 20 yanvar kuni esa «Ko‘hinur» mahallasida Changan va Cobalt, «Ko‘ksaroy» mahallasida Gentra va yana bir Nexia avtomashinalarini eshiklarini buzish orqali ochib, ichidagi narsa va buyumlarni talon-toroj qilgan.
Shuningdek, 3 fevral kuni Zangiota tumani va Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumanlari hududidan 21 ta har xil turdagi avtomashinalarni eshiklarini buzish orqali ochib ichidagi narsa va buyumlarni olib voqea joyidan yashiringan.
Bundan tashqari, 25 yanvar kuni Zangiota tumanidagi xonadonlardan biridan sakkiz bosh qo‘ylarni o‘g‘irlab, sotib yuborganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan ushlangan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Namanganda o‘g‘irlab ketilgan 12 quti asalari uyasi egasiga qaytarildi

Qalbaki dollar «o‘tkazgan» ikki shaxs qo‘lga olindi

Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasidan 320 000 000 so‘m pullarni o‘g‘irlab ketgan shaxslar qo‘lga olindi

Navoiyda 21 mln so‘mlik qo‘ylarni o‘g‘irlab ketgan shaxslar fosh etildi

Bekobod mahallasida yashovchi qoramol o‘g‘risi qo‘lga olindi

Toshkentda odam olib qochib, 20 000 dollar talab qilgan to‘da qo‘lga tushdi