14:20 / 18.02.2021
1 550

Qarzdordan 90.0 mln. so‘m soliq qarzi davlat foydasiga undirildi

Qarzdordan 90.0 mln. so‘m soliq qarzi davlat foydasiga undirildi
Majburiy ijro byurosining Qarshi shahar bo‘limi ish yurituvida Qashqadaryo viloyat davlat soliq boshqarmasining qaroriga asosan, qarzdor “Spartak” ishlab chiqarish korxonasidan undiruvchi davlat foydasiga jami 214 mln. so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga joriy yilning 3 fevral kuni kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan. Qarzdor tomonidan joriy iylning 17 fevral kuni 90 mln. so‘m to‘lab berildi va ushbu pul mablag‘lari davlat foydasiga yo‘naltirildi. Hozirda qolgan qarzdorlikni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Asliddin Mansurov
MIB Qarshi shahar bo‘limi davlat ijrochisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdordan 90.0 mln. so‘m soliq qarzi davlat foydasiga undirildi