16:03 / 18.02.2021
1 440

Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida mas’ul bo‘lgan yagona organ tuziladi

Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida mas’ul bo‘lgan yagona organ tuziladi
Prezident farmoyishi bilan 2021–2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiya, jumladan, quyidagi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
➖ asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, ta’lim, parvarish va boshqa zarur bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlar olishga imkoniyati bo‘lmagan bolalarga ko‘maklashish;
➖ kasallik, ishsizlik, onalik va nogironlik kabi holatlar tufayli o‘zini o‘zi ta’minlash masalalarini to‘liq hal qila olmaydigan mehnatga layoqatli fuqarolarni kafolatlangan daromadlar bilan ta’minlash;
➖ keksa yoshdagi fuqarolarni kafolatlangan daromad bilan ta’minlash;
➖ ijtimoiy sug‘urta tizimini joriy etish.

Shunga ko‘ra, konsepsiya doirasida quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
● aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan yagona organni belgilash;

● olis va chekka hududlarda birlamchi va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish va ehtiyojmand aholi uchun skrining va davolash tadbirlariga xususiy shifoxonalar jalb etish va ularga subsidiya ajratish;

● chin yetim yoshlarni uy-joy bilan ta’minlash, boshpanasiz qolgan, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan oilalar va shaxslarni mulk huquqi berilmagan holda joylashtirish uchun mahalliy hokimliklar tomonidan uy-joylarni sotib olish tartibini joriy etish;

● tadbirkorlik va o‘zini-o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, ayniqsa “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollari xarid qilish uchun subsidiyalar berish;

● bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishda inson huquqlarini himoya qilishning yagona milliy tizimini saqlagan holda Bolalar Ombudsmani faoliyatini tashkil etish;

● imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta’limni uyda berish modelini joriy qilish.

2025 yilga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi negizida tuman (shahar)lar miqyosida Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etiladi.

Davlat byudjetining aholini ijtimoiy himoyasiga xarajatlari ichki yalpi mahsulotga nisbatan 2019 yilgi 1 foizdan 2030 yilda 1,5 foizga yetkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida mas’ul bo‘lgan yagona organ tuziladi