17:00 / 18.02.2021
2 337

Muzlatilgan baliq foydalimi yoki yo‘q?

Muzlatilgan baliq foydalimi yoki yo‘q?
Foto: Getty Images
Har doim dasturxonda uchrayvermagani bilan baliqning qanchalik foydali ekani barchaga yaxshi ma’lum. Ammo uning muzlatilgani foydalimi yoki yo‘qligi boshqa masala. Bundan 10 yil avval Washington Post gazetasida «Muzlatilgan baliqni oshpazlar tayyorlaydimi?» nomli maqola e’lon qilganidan keyin turli savollar paydo bo‘lgan bo‘lsa, endilikda muzlatilgan baliqlarning sifat jihatidan bugungi kunda bozordagi muzlar orasidagi filelardan ortiqroq ekanini bilish mumkin. Aslida esa yangi filelarning aksariyati ham ko‘p hollarda muzlatilgan bo‘ladi, ammo bu ovoza qilinmaydi.

Sog‘lom turmush tarzini yangi mahsulotlarsiz tasavvur qilib bo‘lmasligi hech kimga sir emas. Bunday mahsulotlar haqida gap ketganda esa ko‘z oldimizga bozorlarga fermalardan katta sumka, qoplarda keltirilgan sabzavotlar; guldastani yodga soladigan gulkaram, brokkoli; qop to‘la oppoq un va bundan sal avval dengiz yoki okeanda suzib yurgan turli baliqlar keladi. Bu supermarketga kirib xarid qilgandan ko‘ra yoqimliroq tuyuladi kishiga. Birinchisida o‘zingiz va salomatligingiz haqida qayg‘urayotganingizdan g‘urur hissini tuyasiz, ikkinchisida esa ehtiyojlarni qondirish uchun xarid amalga oshirasiz.

Ba’zida mavsumi bo‘lmasa ham baliq qanday qilib do‘konda paydo bo‘ldi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Ushbu baliq aslida quritilgan holda olib kelingan bo‘lib, sotuvdan avval muzlari eritilib, ko‘rimli bo‘lishi uchun va xaridorda yangi ekanligi haqida tasavvur uyg‘otish uchun muz bo‘laklari ustiga qo‘yilgan bo‘lishi ham mumkin. Ammo bunday jarayonda baliqning ozuqaviy xususiyatlari yo‘qolishi ajab emas. Shunga qaramasdan buning ekologik nuqtai nazardan o‘ziga yarasha ijobiy tomoni bor.

Foto: Harper’s Bazaar
Agar siz atrof-muhitga uglerod bilan bog‘liq zarar yetkazish haqida bosh qotiradigan bo‘lsangiz, ko‘nglingiz xotirjam bo‘laversin — muzlatilgan baliqning yangisidan ko‘ra bu boradagi zarari kamroq. Butun dunyoda texnika uchun ishlatiladigan yoqilg‘i, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish xizmatlari ko‘p miqdorda karbonat angidrid ajralishiga sabab bo‘ladi. Shundan kelib chiqib muzlatilgan baliqni hech ikkilanmasdan bu borada zararsiz, deb atash mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Muzlatilgan baliq foydalimi yoki yo‘q?