19:23 / 18.02.2021
1 371

MIB Jizzaxda “Ipoteka bank” foydasiga 1.3 mlrd. so‘m undirdi

MIB Jizzaxda “Ipoteka bank” foydasiga 1.3 mlrd. so‘m undirdi
Byuroning Jizzax viloyati Zafarobod tuman bo‘limi ish yurituviga Jizzax tumanlararo iktisodiy sudining 25.03.2020 yildagi qarzdor “Zafarobod standart kapital” MChJ hisobidan undiruvchi ATIB “Ipoteka bank” Jizax filiali foydasiga 82.500.000 so‘m muddati o‘tgan kredit asosiy qarzi, 13.178.035 muddati o‘tgan kredit foizi, 1.230.000.000 so‘m muddati o‘tmagan kredit asosiy qarzi hamda 17.840 so‘m so‘m pochta xarajatlari jami 1.325.695.875 sum undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor “Zafarobod standart kapital” MChJ ning Zafarobod tumani, “Nurafshon” ShFY, H.Olimjon massivida joylashgan “Baliqchilik suniy suv xavzasi” inshoatlari qarzdorlik evaziga xatlanib, 1.600.000.000 so‘mga elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilgan hamda savdo natijasiga ko‘ra, ushbu mulk 1.439.856.000 so‘m sotilib bankning tegishli hisob-raqamiga o‘tkazib brelishi ta’minlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Byuroning Zafarobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tgan davrda qarzdorlardan tijorat banklar foydasiga jami 6 mlrd. 194 mln. so‘m kredit qarzdorligi undirib berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Jizzaxda “Ipoteka bank” foydasiga 1.3 mlrd. so‘m undirdi