00:33 / 19.02.2021
2 711

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning yanada rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan uchta asosiy muammoni aytdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning yanada rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan uchta asosiy muammoni aytdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekistonning yanada rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan bir qancha muammolarga to‘xtalib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo».

«Bugungi islohotlarimizni amalga oshirish jarayonida, albatta, o‘ziga xos to‘siqlar mavjud. Bular bir yoki bir qancha emas. Ammo men hozir ularning eng muhim uchtasini sanab o‘taman.

Birinchisi, kadrlar masalasi. Men bunga deyarli har bir chiqishimda to‘xtalaman. Xabarlaringiz bor, aravani tortmayotgan, bugungi talablarga javob bermayotgan amaldorlarni ishdan olyapman. Biz yillar davomida maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi va oliy ta’lim sohalariga jiddiy e’tibor bermadik. Shu bois ham kadrlar masalasi bugungi kunga kelib, asosiy muammolardan biriga aylandi.

Uch yildan buyon ta’lim sohasiga katta ahamiyat qaratyapmiz. Bugungi harakatlarimiz yaqin yillarda o‘zining, albatta, samarasini beradi va kadrlar masalasi ham yechim topadi, degan umiddaman.

Ikkinchi muammo shuki, korrupsiya illati. Korrupsiya oyog‘imiz tagida turibdi. Ilk bor korrupsiyaga qarshi kurashadigan agentlik tuzdik, qurilish, tibbiyot kabi bir qancha sohalarda «korrupsiyasiz soha» tizimini joriy qilishga kirishdik. Bu harakatlarimiz ham ma’lum vaqt o‘tib, ijobiy samara ko‘rsatishiga ishonaman.

Uchinchi to‘siq — bu ko‘plab davlat idoralari rahbarlarining saviyasi, bilimi bugungi zamon talabida emas. Shuning uchun ham zamonaviy dunyoqarashga ega, bir qancha tillarda erkin so‘zlashadigan yoshlarni rahbarlikka tayinlayapman. Ammo bu borada ham hali qiladigan ishlarimiz juda ko‘p
», — dedi Prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning yanada rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan uchta asosiy muammoni aytdi