09:30 / 19.02.2021
1 759

Garovga qo‘yilgan bahosi 10 mlrd. so‘mdan ortiq bino-inshootlar sotuvda

Garovga qo‘yilgan bahosi 10 mlrd. so‘mdan ortiq bino-inshootlar sotuvda
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 09.11.2020 yildagi qarzdor "Xoji Boxodirxon ota" MCHJdan undiruvchi “Asaka bank ” Sirdaryo filiali foydasiga 10.878.801.835 so‘m kredit qarzi undirish, undiruvni garov mulki hisoblangan MCHJga tegishli issiqxona va yordamchi bino inshootlari va qo‘shimcha javobgar S.J.ga tegishli turar joy binolariga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Yangiyer shahar bo‘limi ish yurituviga 30.11.2020 yilda kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan shu kunning o‘zida ijro ish yuritish qo‘zg‘atilib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan va qarzdorga ijro hujjatidagi talablarni bajarish uchun ixtiyoriy muddat berilgan.

Qarzdor tomonidan belgilangan muddatda ijro hujjati talablari ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli 03.12.2020 yilda qarzdor MCHJga tegishli issiqxona va yordamchi bino inshootlari va qo‘shimcha javobgar S.J.ga tegishli turar joy binolari xatlangan.

Hozirda ushbu issiqxona va yordamchi bino inshootlari hamda turar joy binosi belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Garovga qo‘yilgan bahosi 10 mlrd. so‘mdan ortiq bino-inshootlar sotuvda