23:18 / 19.02.2021
2 411

Saida Mirziyoyevani ajablantirgan topilma (foto)

Saida Mirziyoyevani ajablantirgan topilma (foto)
Saida Mirziyoyeva Respublika bolalar kutubxonasini rekonstruksiya qilish paytida duch kelgan ajoyib topilma haqida ma’lum qildi:

«Bir necha oy avval biz Respublika bolalar kutubxonasini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha loyihani boshlagan edik.

Rekonstruksiya mobaynida g‘ishtin devorlarning ortida ajoyib ustunlarning go‘zalligini ko‘rib qanchalik hayratda qolganimizni tasavvur qilavering. XIX asrda ular bino asl ko‘rinishining bir qismi bo‘lgan.

Bizga noma’lum sabablarga ko‘ra, 90-yillarning boshlarida ustunlar butunlay devor bilan o‘ralgan bo‘lib, ularning o‘rnida oddiy devor yaralgan va ustunlar bino rejasidan o‘chirilgan.

Hozirda ustunlar rekonstruksiyasi bo‘yicha faol harakatlar boshlandi.

Ushbu kichik, ammo bizni ajablantirgan topilma bilan bo‘lishishni istadim. Bularning barchasi mamlakatimiz madaniy merosini asrab qolish istagida tashabbus ko‘rsatayotgan fuqarolarimizning qo‘llab-quvvatlashi va befarq emasligi natijasida amalga oshmoqda», — deb yozadi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saida Mirziyoyevani ajablantirgan topilma (foto)