2019 yil oktabr oyidan 2020 yilning sentabr oyiga qadar, Toshkent shahrida joylashgan «BITSIMPLEX» MCHJning Samarqand filiali xodimlari fuqarolarga bir yil mobaynida pullarini ko‘paytirib olishlarini aytib, ularning ishonchiga kirishadi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qilishicha, jamiyatning ofisida fuqarolarning har biridan 500 AQSH dollaridan 22.250 AQSH dollarigacha bo‘lgan pul mablag‘larini shartnoma asosida investitsiya tariqasida qabul qilib, 2020 yilning sentabr oyiga qadar jalb qilingan pullardan, daromad tariqasida 2,5 foizdan 4 foizgacha pul mablag‘larini berib kelib, keyinchalik olgan pul mablag‘larini qaytarib bermasdan kelayotganligi aniqlangan.
O‘z navbatida, aldanib qolgan fuqarolarning arizalariga asosan, Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan «BITSIMPLEX» MCHJning mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi «a»bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jabrlangan fuqarolarning doirasi va ularga yetkazilgan zararni qoplashga qaratilgan tergov xaraktlari olib borilmoqda.
«Hurmatli fuqarolar yengil daromad olish yoki tez boyib ketish maqsadida, o‘zingizni misqollab topgan pul mablag‘laringizni firibgarlarni va’dalariga ishonib topshirib qo‘ymang», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi