07:00 / 21.02.2021
1 945

Shavkat Mirziyoyev: «Pulidan qat’i nazar, xalqimizga kerakli miqdorda vaksinani yetkazib, olib kelamiz»

Shavkat Mirziyoyev: «Pulidan qat’i nazar, xalqimizga kerakli miqdorda vaksinani yetkazib, olib kelamiz»
Shavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining navbatdan tashqari 26-sessiyasida aholini koronavirusga qarshi emlash masalasiga to‘xtaldi.

«Mana, emlash to‘g‘risida ko‘p-ko‘p gaplar bo‘lyapti. Albatta, biz ham Yevropa, Xitoy, Rossiyadagi hamkorlarimiz bilan vaksina bo‘yicha ishlayapmiz. Hamkorlik qilib, albatta, olib kelamiz.

Emlash choralarini, albatta, ko‘ryapmiz. Uni ham shoshilib qilish mumkin emas. Men hozir o‘zim har haftada 2-3 kun o‘tiraman: qaysi vaksina eng ma’quli? 3 trillion pulni zaxira qilib qo‘yganmiz.

Uning (vaksinaning) eng ma’qulini topamiz. Bizning iqlimimizga mos, xalqimizga foydasi ko‘proq bo‘ladigan vaksinani sotib olamiz. Yetti marta emas, ota-bobomiz aytganidek, o‘n marta o‘lchab, bir marta kesamiz. Xalqimizning salomatligini o‘ylash men uchun eng katta masalalardan biri.

Sinovlarni o‘tkazyapmiz. Qaysi sinov ma’qul bo‘lsa, pulidan qat’i nazar, xalqimizga kerakli miqdorda bu vaksinani albatta yetkazib olib kelamiz
», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash mart oyining birinchi yarmida boshlanishi ma’lum qilingan. Bunda birinchi navbatda koronavirus yuqish xavfi darajasi yuqori bo‘lgan shaxslar emlanadi va u faqatgina ixtiyoriylik tamoyili asosida amalga oshiriladi. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari va vaksina uchun 3 trillion so‘m ajratish rejalashtirilgan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, yoshi katta va aholining boshqa zaif qatlamlari vakillari koronavirusga qarshi bepul emlanadi.

Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasini qo‘llashga ruxsat berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Pulidan qat’i nazar, xalqimizga kerakli miqdorda vaksinani yetkazib, olib kelamiz»