09:00 / 21.02.2021
1 555

Namanganda poyezd va «ZIL» to‘qnashuvi oqibatida yuk mashina haydovchisi jiddiy jarohat oldi

Namanganda poyezd va «ZIL» to‘qnashuvi oqibatida yuk mashina haydovchisi jiddiy jarohat oldi
Foto: Namangan viloyati IIB
Namanganda elektropoyezd va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat IIB.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 20 fevral kuni soat 07:10 larda Rouston-To‘raqo‘rg‘on temir yo‘l oralig‘idagi 82-kilometr 9-piketda Namangan tumani «Mirishkor» MFY hududidan o‘tgan, qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida Farg‘ona viloyatida yashovchi 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi «ZIL-131» rusumli yuk mashinasi harakat xavfsizligini ta’minlay olmagan.

Oqibatda temir yo‘lda harakatlanib kelayotgan elektropoyezd bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Foto: Namangan viloyati IIB
Natijada «ZIL-131» haydovchisi ko‘krak qafasi yopiq shikasti, o‘ng tomon qovurg‘alari yopiq sinishi tan jarohati bilan Namangan tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Elektropoyezd esa soat 07:48 da harakatni davom ettirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda poyezd va «ZIL» to‘qnashuvi oqibatida yuk mashina haydovchisi jiddiy jarohat oldi