09:30 / 21.02.2021
1 492

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
Foto: O‘zA
Fuqarolarni Toshkent–Moskva yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi poyezdga vagon kuzatuvchisi lavozimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xodimlari qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda O‘zA.

Qayd etilishicha, «O‘zbekiston temir yo‘llari»ga qarashli «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJning xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovchi poyezdining vagon kuzatuvchisi hamda restoran xodimi o‘zaro kelishgan holda ikki fuqaroni ishga kiritib qo‘yish uchun ulardan 6500 AQSH dollari olgan vaqtda DXX va Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, xizmatchilar Toshkent shahrida yashovchi ushbu fuqarolarni Toshkent–Moskva yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi poyezdga vagon kuzatuvchisi lavozimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

Hozirda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJning mazkur xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari doirasida ushbu noqonuniy ishga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi