11:30 / 22.02.2021
1 608

Ko‘zoynak taquvchi kishilar kamroq koronavirusga chalinadimi?

Ko‘zoynak taquvchi kishilar kamroq koronavirusga chalinadimi?
Foto: «Google.com»
Hindistonlik olimlar koronavirus pandemiyasi paytida ko‘zoynak taqadigan odamlar taqmaydigan kishilarga qaraganda ko‘proq himoyalangan bo‘ladi degan xulosaga kelishdi, deb yozadi The Sunday Telegraph.

Tadqiqotchilar COVID-19 bilan kasallangan 304 bemor o‘rtasida so‘rov o‘tkazdilar va ularning 19 foizi asosan ko‘zoynak taqib yurishlarini aniqladilar. Olimlarning ta’kidlashicha, bunday aksessuarlarni kuniga sakkiz soat davomida olib yuradiganlar koronavirus infeksiyasini kamroq yuqtirishadi, shu bilan birga ular yuz va ko‘zlarga kamdan-kam qo‘l bilan tegishadi.

Shuningdek, ular ko‘zoynaklar shilliq qavat orqali COVID-19 infeksiyasini oldini oluvchi himoya omil bo‘lishi mumkinligini isbotladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ko‘zoynak taquvchi kishilar kamroq koronavirusga chalinadimi?