12:47 / 22.02.2021
2 171

«Sizning gapingiz kelmaydi bu yerga» — aholi prezidentga muammolarini aytdi (video)

«Sizning gapingiz kelmaydi bu yerga» — aholi prezidentga muammolarini aytdi (video)
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati haqidagi «Maxsus rakurs» ko‘rsatuvining navbatdagi soni taqdim etildi.

Unda qayd etilishicha, tashrifning ikkinchi kunida prezident shahardagi «Bunyodkor» mahallasiga boradi va u yerda mutasaddilar bilan gaplashadi. Mahalla raisining javoblaridan ko‘ngli to‘lmagan prezident aholi sharoitlari bilan yanada yaqin tanishish maqsadida mahalla oralab piyoda ketdi.

Yo‘l bo‘ylab piyoda borarkan prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘nalishni o‘zi xohlagan tomonga burdi va yo‘lga peshvoz chiqqan odamlar oldiga bordi. Yig‘ilganlar bilan suhbatlashib, hol-ahvol so‘radi. Mahalla ahli ham o‘z prezidentidan xursandchiligi, hayajoni va hatto muammolarini ham yashirmadi.

«Sizning gapingiz kelmaydi bu yerga» — dedi aholi vakillaridan biri.

«Shuning uchun ham shaxsan o‘zim keldim mahallangizga», — deya javob qaytardi prezident. — «Bu mahallada suv yo‘qligi, yo‘l yo‘qligi, ish va sharoitlar yo‘qligini bilib keldik. Ko‘rasiz hali, bu yerda o‘zgarishlar bo‘ladi».

Aholining mammolarini tinglarkan, prezident bu masalalar yechimi albatta ijobiy hal qilinishini aytib, «agar o‘zim ko‘rmasam, menga bu haqda aytishmasdiyam, ko‘rsatishmasdiyam» dedi. Mahalla vakillaridan 6 oydan keyin qanday o‘zgarishlar bo‘lgani haqida xat yozishlarini so‘radi.

«Maxsus rakurs» ko‘rsatuvining to‘liq shaklini quyida tomosha qilishingiz mumkin:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Sizning gapingiz kelmaydi bu yerga» — aholi prezidentga muammolarini aytdi (video)