07:00 / 23.02.2021
2 185

Navoiylik ayol uysiz qolgan qizni fohishalik qilishga majburladi

Navoiylik ayol uysiz qolgan qizni fohishalik qilishga majburladi
Navoiy viloyatida yashovchi 29 yoshli Zarina Z. tanishi 19 yoshli Roxatoy O‘.ning boshpanasiz va moddiy jihatdan qiynalib qolganligidan foydalanib, unga o‘zi bilan birga yashashi haqida aytib, o‘zi vaqtincha istiqomat qilib keladigan uyga olib kelib, u bilan yashashini taklif qilib, shu yo‘l orqali fuqarolik pasportini qo‘lga kiritib, o‘ziga moddiy jihatdan qaram bo‘ladigan vaziyatni yuzaga keltirib, moddiy manfaat ko‘rish maqsadida, uni erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelayotganligi yuzasidan 2021 yilning 10 fevral kuni viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, Navoiy shahrida joylashgan «Gumbaz» nomli kafeda tadbirga shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan shaxsga Roxatoy O‘.ni 400.000 so‘m evaziga 3 kun muddatga jinsiy aloqa qilishi uchun sotgan vaqtida, Zarina Z., tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, 400 000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Zarina Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Zarina Z. ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiylik ayol uysiz qolgan qizni fohishalik qilishga majburladi