12:50 / 23.02.2021
1 886

Gipertoniya kasalligining uch asosiy alomati va uni yengishga yordam beradigan 3 tavsiya

Gipertoniya kasalligining uch asosiy alomati va uni yengishga yordam beradigan 3 tavsiya
Foto: «Semeyniy doktor»
Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev gipertoniya kasalligining asosiy alomatlari va ularning davo choralari haqida so‘z yuritadi.

Nemis olimi kardiolog Martin Gallening ma’lum qilishicha, qon bosimi kasalligiga olib keluvchi eng keng tarqalgan omillarga ortiqcha vazn, stressning tez-tez kuzatilishi, chekish, nofaol hayot turmush tarzi, uyqusizlik va qandli diabet misol bo‘ladi.

Qon bosimi kasalligi uzoq vaqt alohida belgilarsiz davom etadi va ko‘pincha organizmga zararli ta’sirlari paydo bo‘lganidagina aniqlanadi. Olimlar goh- gohida bo‘lib turadigan holatlar — kunduzi uyquning kelishi, besabab charchoqlik, bosh og‘rishiga e’tibor berishni maslahat beradi. Bu qon bosimi oshishining alomatlari bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, qon bosimini vaqti-vaqtida o‘lchab turish kerak. Bu hatto yoshlarga ham tegishli bo‘lib, so‘nggi yillarda kam harakat va semizlik tufayli ularda ham gipertoniya kasalligi ko‘p uchramoqda. Shifokorning fikricha, turmush tarzini ozgina o‘zgartirishning o‘zi ham qon bosimi kasalligining xavfli oqibatlarini oldini olish mumkin, hattoki ular qon bosimiga qarshi dorilariga qaraganda yaxshiroq foyda keltiradi.

Nemis kardiologi Martin Gallening qon bosimi kasalligining uchta asosiy alomati va uni yengishga yordam beradigan uchta tavsiyasi bilan tanishing.

Alomatlari:
• kunduzi uyqu kelishi;
• besabab charchoq;
• bosh og‘rishi.

Uchta asosiy xavf omillari:
• kam harakat;
• noto‘g‘ri ovqatlanish;
• ortiqcha vazn.

Birinchi tavsiya: Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish
Kuniga atigi 15 daqiqa vaqtni salomatlik uchun ajratib, qon bosimini dorilarsiz tushirish mumkin. Jismoniy mashqlar hayot tarzini o‘zgartirishning asosiy omilidir. Ochiq havoda qilingan jismoniy mashqlar jumladan, yurish, velosiped haydash, yugurish va boshqa mashq kabilar. Martin Gallening ta’kidlashicha, ochiq havoda 15 daqiqa qilingan sayr qon bosimini tushiradi.

Ikkinchi tavsiya: Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish
Har bir yo‘qotilgan kilogramm yurak ish faoliyatiga katta yordam beradi, qon tomirlarining zararlanishini kamaytiradi. Qattiq parhez tutish shart emas. Ko‘proq sabzavot va mevalarni iste’mol qilish kerak. Martin Gallening ta’kidlashicha, atigi 10 kilogrammga ozish yuqori qon bosimini kamaytiradi.

Uchinchi tavsiya: Foydali va sog‘lom ovqatlanish
Tuzni kamaytirish, kolbasa, pishloq va shunga o‘xshash dudlangan oziq ovqatlardan chegaralangan ma’qul. Non va un mahsulotlaridan tayyorlangan oziq-ovqatlarni kamroq iste’mol qilish kerak.

Sog‘lom ratsion, ayniqsa, sabzovot va mevalarga boy bo‘lsa, jismoniy tarbiya bilan birgalikda o‘z-o‘zidan vazn tashlashga olib keladi. Yuqoridagi uch tavsiyaga amal qilish orqali yuqori qon bosimini tushirishda, hattoki dori vositalarini qabul qilishga hojat qolmasligi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gipertoniya kasalligining uch asosiy alomati va uni yengishga yordam beradigan 3 tavsiya