15:56 / 23.02.2021
1 455

Transport vositasining ehtiyot qismiga yashirilgan zahri qotil fosh etildi

Transport vositasining ehtiyot qismiga yashirilgan zahri qotil fosh etildi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda Yunusobod tumanida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro T.U boshqaruvidagi “Lada Largus” rusumli transport vositasi o‘rnatilgan tartibda to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Natijada, transport vositasining yukxonasidagi 1 dona ehtiyot qism – “kardan vali” borligi aniqlandi. Ushbu ehtiyot qismi ichiga esa giyohvandlik vositasi joylangani ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Chilonzor tumanida tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro N.M mazkur “kardan vali”ni fuqaro T.U.dan ehtiyot qismini qabul qilib olish uchun kelgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olindi.

Mazkur ehtiyot qism temir kesish uskunasi yordamida kesilib, ko‘zdan kechirilganida, uning ichidan 2 dona silindrsimon shaklda skotch bilan o‘ralgan, 965,71 gramm og‘irlikdagi “Opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqladi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Transport vositasining ehtiyot qismiga yashirilgan zahri qotil fosh etildi