20:43 / 23.02.2021
3 311

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Bugungi kunda bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan, Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, poytaxtimizdagi avtoturargohlardan birida fuqaro R.M. xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 420 million so‘mlik 2800 dona “Mesopril Kit” nomli dori vositalarini shartli xaridorga 9000 AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtida xodimlar tomonidan to‘xtatilib qolindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi