18:43 / 23.02.2021
1 459

112 million so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

112 million so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahri Yashnobod tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbir davomida, poytaxtimizdagi oziq-ovqatlar do‘konlaridan birining oldida fuqaro M.J. hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 112,2 million so‘mlik 4 nomdagi jami 3716 quti sifati kafolatlanmagan dori vositalarini shartli xaridorga 8200 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 112 million so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi