19:33 / 23.02.2021
1 552

187,5 million so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

187,5 million so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Bekobod” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Bekobod shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, oldindan kuzatuvga olingan va yurtimizga kirib kelgan poyezd tarkibi harakatlanib o‘tgan joy o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, temir yo‘l izidan taxminan 3-8 metrlar uzoqlikda yerga uloqtirilgan 10 dona qoplar borligi aniqlanib, ushbu qoplar ichida qog‘oz qutilarga joylangan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 187,5 million so‘mlik jami 11 500 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmokda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 187,5 million so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi