00:02 / 24.02.2021
2 670

«Bu menga 10 ming yevroga tushgandi». Mahmud Murodov begona qizni himoya qilaman deb mushtlashgani haqida

«Bu menga 10 ming yevroga tushgandi». Mahmud Murodov begona qizni himoya qilaman deb mushtlashgani haqida
Foto: Instagram
O‘rta vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Mahmud Murodov (25-6) hayotda mushtlashishga to‘g‘ri kelib qolsa qanday yo‘l tutishi haqida gapirdi.

- "Bir naql bor: «Mushtlashuv muqarrarmi? Unda birinchi bo‘lib zarba ber». Ammo kuchli inson bunday vaziyatda bosh chayqaydi va ketadi. Menda ham shunday holatlar bo‘lgan, maktabda mushtlashganman, ko‘chada urishganmiz. Biroq hozir shunga o‘xshash har qanday vaziyatdan qochishga harakat qilaman.

Ba’zida bayram va marosimlarda ayrimlar spirtli ichimliklar ichib olib, kuchini ko‘rsatib qo‘ygisi keladi. Yoki tanishlar ko‘chadagi janjalga aralashishni so‘raydi. Siz atrofingizda shunday odamlarni to‘plangki, ular ko‘chada mushtlashishingizga yo‘l qo‘ymasin. Mening atrofim shunday insonlarda iborat.

Ha, qo‘riqchi bo‘lib ishlayotgan vaqtim shunday holatlar bo‘lgan. Biroq u mening ishim edi. Ammo hozir bu kabi holatlarga umuman aralashmayman.

Yevropada bir voqea bo‘lgandi: bir qizni yonini olib mushtlashdim, keyin esa bunda o‘zimni ayblashdi, ming afsuski. Bu ish menga 10 ming yevrodan oshiqqa tushdi. Sudlanuvchi degan nomni oldim, biroq sudda yutib chiqdim. Eng yaxshisi boshni egib, to‘g‘ri o‘tib ketish
(kuladi)", - deydi Mahmud Murodov.

Murodov shu vaqtga qadar UFC’da uchta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘olib chiqqan. So‘nggi bor u UFC 257 musobaqasining asosiy kardida amerikalik Endryu Sanchesga (12-6) qarshi jang qilgan va uchinchi raunddagi texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Shuningdek, Mahmud UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni (12-4) ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni (15-10) uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Bu menga 10 ming yevroga tushgandi». Mahmud Murodov begona qizni himoya qilaman deb mushtlashgani haqida