12:13 / 24.02.2021
1 489

Olmalar ortiga yashirilgan yondirgichlar

Olmalar ortiga yashirilgan yondirgichlar
Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotni qisqartirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahar IIB bilan hamkorlikda poytaxtimizning Sirg‘ali tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro X.A boshqaruvidagi “Kia Bongo” rusumli transport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida, transport vositasining yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, O‘zbekiston Respublikasiga qonuniy olib kirilganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 375,5 million so‘mlik, 99 ming dona yondirgich tovarlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olmalar ortiga yashirilgan yondirgichlar