12:34 / 24.02.2021
1 496

Bojxonachilar “shina” operatsiyasiga chek qo‘yishdi

Bojxonachilar “shina” operatsiyasiga chek qo‘yishdi
Tovar moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan,Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan “Chuqursoy texnik-idora” temir yo‘l chegara bojxona posti orqali poytaxtimizda faoliyat yurituvchi ma’suliyati cheklangan jamiyat nomiga keltirilgan yuk konteyneri belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, konteynerlarda yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan, umumiy qiymati 229,5 million so‘mlik 459 dona avtomobil shinalari borligi aniqlandi. Mazkur tovarlarga 100 million so‘m bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Shuningdek, yana bir holatda, xorijdan olib kelingan yuk konteyneri o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganida, unda yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan, umumiy qiymati 421 million so‘mlik 842 dona avtomashina shinalari borligi aniqlandi.
Mazkur shinalar uchun 173 million bojxona to‘lovlari hisoblandi.

“Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan shunga o‘xshash yana bir qonunbuzarlik holati aniqlandi. Xorijiy mamlakatdan yurtimizda faoliyat olib boruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat nomiga olib kelingan umumiy qiymati 338,5 mln. so‘mlik 677 dona avto shinalar yuk kuzatuv xujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagi barcha holatlar natijasida qiymati 989 mln so‘mlik 1978 dona avto shinalar vaqtincha saqlovga olindi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar “shina” operatsiyasiga chek qo‘yishdi