09:00 / 25.02.2021
3 621

“Shovvozsoy” dam olish maskani to‘g‘risida

“Shovvozsoy” dam olish maskani to‘g‘risida
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “Ugam-Chotqol” milliy tabiat bog‘i tasarrufidagi dam olish maskani haqidagi turli asossiz va noxolis xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yildagi qaroriga asosan, Ugam-Chotqol milliy tabiat bog‘i tasarrufidagi “Shovvozsoy” o‘rmon xo‘jaligi yerlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasiga temiryo‘lchilar va ularning oila a’zolari, kompaniyaning xorijiy hamkorlari, mamlakatimiz aholisi va chet ellik sayyohlar uchun zamonaviy ekoturizm maskanini barpo etish va mavjud ekotizimni saqlab qolish maqsadida ajratilgan.

Bu yerda 2011 yildan boshlab, ya’ni 10 yil davomida bosqichma-bosqich qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilgan. Barcha investitsiyalar temir yo‘l kompaniyasining budjetdan tashqari mablag‘lari, jumladan daromadlari hisobidan amalga oshirilgan.

O‘tgan o‘n yil davomida dam olish maskani qurilishiga sarflangan investitsiyalar hajmi 495 milliard so‘mni tashkil etdi. Shu bilan bir qatorda, milliy bog‘ hududida tabiat va hayvonot olamini saqlash va rivojlantirish uchun zarur infratuzilmalar yaratildi, ob’ektgacha elektr tarmoqlari tortildi, avtomobil yo‘li va kichik suv ombori barpo etildi.

Ayni paytda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Nazarbek”, “Chimyon”, “Xojikent”, “Omonxona” kabi dam olish maskanlari, shuningdek “Shovvozsoy” majmuasi ham kompaniyada faoliyat yuritayotgan qariyb 90 ming temiryo‘lchilar va aholimizga sifatli xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda.

Ushbu dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlarida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan shartnoma va yo‘llanmalar asosida, temiryo‘lchilar bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, turli vazirlik, idora va davlat tashkilotlari, mahalliy hokimliklar, shuningdek, respublikamiz aholisi va chet ellik investorlar, hamkorlar va sayyohlarga ekoturizm va ekstremal turizm, salomatlikni mustahkamlash va qayta tiklash xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Shovvozsoy” dam olish maskani to‘g‘risida