14:44 / 25.02.2021
4 015

Farg‘onalik boyning qizi bilan yozishgan 14 yoshli o‘quvchi kaltaklandi (video)

Farg‘onalik boyning qizi bilan yozishgan 14 yoshli o‘quvchi kaltaklandi (video)
Foto: Videolavhadan skrinshot
Jabrlanuvchi, 9-sinf o‘quvchisi Farg‘onadagi shoshilinch tibbiy yordamining neyrojarrohlik bo‘limiga yotqizilgan.

Repost xabariga ko‘ra, 21 fevral kuni Farg‘onada mehmonxona, banket zali va alkogol mahsulotlari bilan savdo qiluvchi qator do‘konlari, restorani bor tadbirkor hamda uning 11-sinfda o‘qiydigan o‘g‘li 14 yoshli o‘quvchini qattiq kaltaklagan. Tadbirkor bunga qadar Jinoyat kodeksining 97- va 164-moddalari (qotillik, bosqinchilik) bilan sudlangan.

O‘quvchining kaltaklanishiga uning tadbirkorni qizi bilan yozishmalar orqali muloqot qilgani sabab bo‘lgan. Jabrlanuvchi Farg‘onadagi shoshilinch tibbiy yordamining neyrojarrohlik bo‘limida davolanayotgani aytiladi.

Holat yuzasidan ish ochilgan, biroq tergov jarayonlari hali boshlanmagan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onalik boyning qizi bilan yozishgan 14 yoshli o‘quvchi kaltaklandi (video)