Aholining dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojidan mo‘may daromad orttirib qolish maqsadida foydalanishga urinayotgan shaxslarning noqonuniy harakatlariga bojxonachilar tomonidan o‘z vaqtida chek qo‘yildi.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan poytaxtimizning Yashnobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan fuqarolardan biri xorijda ishlab chiqarilgan, ammo sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 1304 dona “Akvavit-D3” dori vositasini 3200 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Dorixonadan tashqari hududda noqonuniy realizatsiyadan to‘xtatib qolingan mazkur dori vositalarining umumiy qiymati salkam 56 mln. so‘mni tashkil qilmoqda. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

112 million so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Cifati kafolatlanmagan dori-darmonlar to‘xtatib qolindi

Bojxonachilar 150 million so‘mlik tropikamidning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Bojxonachilar 663 mln. so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarining sotilishiga chek qo‘yishdi

Bojxonachilar 144 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi