21:46 / 26.02.2021
1 402

Soliqdan bo‘lgan qariyb 2,1 mlrd. so‘m qarzdorlik davlat foydasiga undirildi

Soliqdan bo‘lgan qariyb 2,1 mlrd. so‘m qarzdorlik davlat foydasiga undirildi
Jalaquduq tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan olib borilgan tadbirlar “ALYORTEKS” MCHJning soliqdan bo‘lgan 2 mlrd. 55 mln. 771 ming so‘m miqdordagi qarzdorlikni undirishda o‘z samarasini bermaganligi natijasida, 01.02.2021 yilda DSI tomonidan soliq majburiyatiga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijroga qaratilgan.

Mazkur qarorga asosan Majburiy ijro byurosi Jalaquduq tuman bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda ijro ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, bu haqda taraflarga ma’lum qilingan.

MIB Jalaquduq tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida, “ALYORTEKS” MCHJ oldida “Andijon yog‘ moy” AJning 2,8 mlrd. so‘m debitor qarzdorligi aniqlanib, bu borada belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

“Andijon yog‘ moy” AJning debitor qarzdorligi hisobidan “ALYORTEKS” MCHJning soliqdan bo‘lgan qarzdorligini so‘ndirish maqsadida MIB Jalaquduq tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 48-5-moddasiga asosan qarzdorning hisob raqamiga inkassa topshiriqnomasi qo‘yildi.

Natijada, “Andijon yog‘ moy” AJdan “ALYORTEKS” MCHJning soliqdan bo‘lgan 2 mlrd. 55 mln. 771 ming so‘m miqdordagi qarzdorligini davlat foydasiga to‘liq undirilishi va ijro hujjatining amalda tamomlanishiga erishildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliqdan bo‘lgan qariyb 2,1 mlrd. so‘m qarzdorlik davlat foydasiga undirildi